Chegarada ichki organlari orqali narkotik moddalarni olib kirishga uringan ikki shaxs fosh etildi

14.02.2026 | 21:001 daqiqa

Qo‘shni davlatdan kirib kelgan ikki shaxs o‘zidan «jonli konteyner» sifatida foydalanib, qariyb 800 g narkotik moddasini yashirincha olib kirishga uringan.

Chegarada ichki organlari orqali narkotik moddalarni olib kirishga uringan ikki shaxs fosh etildi

Samarqand viloyati «Jartepa» chegara bojxona postida narkotik moddalarni ichki organlariga yashirgancha olib kirishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqarolardan biri bojxona xodimining e’tiborini tortgan. Yo‘lovchi «Body scaner» qurilmasi orqali shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning ichki a’zosiga 3 dona o‘ram yashirilganligi aniqlangan.

O‘ramlar shifokorlar ko‘magida va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida esa ularning ichida jami og‘irligi 255 gramm «opiy» giyohvandlik moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i ham tezkor xodimlar tomonidan darhol kuzatuvga olingan va Samarqand shahridagi shifoxonalardan biriga olib kelingan. Tekshiruvlarda uning ichki a’zolaridan ham 4 dona o‘ramlar chiqarib olingan. Mazkur o‘ramlarda esa 541 gramm «opiy»giyohvandlik moddasi joylangani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Teglar

Mavzuga oid