add

Davlat xizmatchisi ahloqi, “ozish”ni istamayotgan hukumat va kadr siyosati muammolari – O‘zbekistonda samarali boshqaruv tashkil qilish nega qiyin kechmoqda?

01.08.2025 | 23:0018863

Bir necha kun avval Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari hamda shu bo‘lim kotibasining selektor vaqtida kameralarga tushib qolgan ishqiy munosabati sahnasi yodingizdadir.

Davlat xizmatchisi ahloqi, “ozish”ni istamayotgan hukumat va kadr siyosati muammolari – O‘zbekistonda samarali boshqaruv tashkil qilish nega qiyin kechmoqda?
Ha, bu voqea matbuotda ancha shov-shuv bo‘ldi va shu shov-shuvlar ortidan bo‘lim rahbari AbdurahmonAlimov va kotiba ishdan olindi. Vaziyat yuzasidan shahar hokimligi hamda vazirlik tomonidanma’lum tushuntirishlar ham berildi. Ammo, oxirgi vaqtlarda xalq to‘layotgan soliqlarhisobidan qora qozon qaynatadigan davlatxizmatchilari qahramoni bo‘lgan “xizmat xonasidagiyohvand modda iste’moli bilan qo‘lga tushdi”, “buzuqchilik bilan qo‘lga tushdi”, “qimor o‘ynadi”, “pora bilan tushdi”, kabi salbiy xabarlar ko‘payibbormoqdaki, ular endi faqat yangilik va yokivazirliklarning qisqa tushuntirishi bilan unutiladigan, o‘tib ketadigan darajadan oshibketgandek. Bu o‘rinda davlat xizmati, uningnatijadorligi, davlat xizmatchisi ahloqi vaprofessionalligi kabi masalalar ham jiddiytahlil qilinishi, muammolarning aslildizlarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotgandek. “Fikr vaqti”ning navbatdagi soni shu va boshqamisollar asosida davlat xizmati va  boshqaruvmasalalari tahliliga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari – iqtisodchi, ta’lim va boshqaruvmasalalari bo‘yicha tahlilchi Bahodir G‘aniyev vayuridik fanlari doktori, mamuriy xuquqmutaxassisi Jo‘rabek Ne’matov bo‘ldi.   Videoni Youtubeʼda tomosha qiling: 👉https://www.youtube.com/watch?si&v=Zvc3OR8GK9w&feature=youtu.be

Teglar

Mavzuga oid