
Dunyodagi yirik brendlarning 87 foizi O‘zbekiston bozoriga kirishni rad etdi — Kotib AI Research
Bu yo‘qotishlar natijasida mamlakat uch yil ichida kamida 1,35 milliard dollarlik potensial investitsiyadan mahrum bo‘lgan.

Kotib AI Research tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni faqat mamlakat ichida saqlash bo‘yicha joriy etilgan qat’iy talablar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Bu holat nafaqat texnologik o‘sishni sekinlashtiryapti, balki xalqaro investorlarni ham xavotirga solib, mamlakatni sun’iy intellekt bozoridan chetda qoldirmoqda.
Muammo nimada?
2019 yilda qabul qilingan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida» gi qonunning 27-1-моддасига ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari faqat respublika hududidagi serverlarda saqlanishi va ishlov berilishi kerak. Bu talab:- Global texnologik platformalarning O‘zbekiston bozoriga kirishini qiyinlashtirmoqda;
- Innovatsion xizmatlar va sun’iy intellekt yechimlarini joriy qilish imkoniyatlarini cheklamoqda;
- Mahalliy kompaniyalar uchun texnologik xarajatlarni oshirmoqda.
- Investitsiyalar oqimini pasayishi;
- Raqamli xizmatlar eksportining cheklanishi;
- Sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarni qo‘llashdagi cheklovlar.
- Elektron tijorat— 900–1250 mln dollar;
- Bank sektori— 850–1170 mln dollar;
- IT/startaplar— 675–975 mln dollar;
- Fintech xizmatlari— 575–825 mln dollar.
Global kompaniyalar nega kelmayapti?
Shaxsiy ma’lumotlarni faqat O‘zbekistonda saqlash talabi tufayli xalqaro kompaniyalarning 87 foizi mamlakat bozoriga kirishni rad etgan. O‘zbekiston bozoridan chetda qolgan yirik brendlar:- PayPal
- Stripe
- Netflix
- Spotify
- Amazon Web Services (AWS)
- Microsoft Azure
Nimalar yo‘qotilmoqda?
- 250 mln dollarlik sun’iy intellektga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar jalb qilinmayapti;
- O‘zbekiston global SI tizimidan chetda qolmoqda;
- Bu holat hukumatning o‘zi qabul qilgan «SИ-2030» стратеgiясига zid.
- Ma’lumotlar ahamiyat darajasi bo‘yicha ajratildi;
- Faqat davlat idoralari uchun mahalliylashtirish majburiy qilindi;
- Kompaniyalar uchun 18 oylik o‘tish davri berildi;
- Fintex sohasida tajriba maydonchasi— «qum qutisi» yaratildi.
- Ma’lumotlarni farqlash: hamma ma’lumotlar bir xil muomala talab qilmaydi;
- «Mahalliy server» emas, balki «ishonchli himoya»konsepsiyasi;
- Qum qutisi: innovatsion loyihalar uchun sinov muhiti;
- O‘tish davri: bizneslar yangi tartibga moslashib olishi uchun vaqt.
Bu nima beradi?
- YAIM o‘sishi: 5 yilda +2,5 foiz;
- 2,8 mlrd yangi investitsiyalar;
- 35 mingta yangi ish o‘rni.





