Logo

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan qaysi birida YIM o‘sishi yuqori bo‘ladi?

2026-yilda aksariyat mamlakatlar uchun o‘sish sur’atlarining biroz pasayishi prognoz qilinmoqda.

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan qaysi birida YIM o‘sishi yuqori bo‘ladi? © nifi.ru

Global yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2026-yilda 2,8 foizni va 2027-yilda 3,1 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, G20 iqtisodiyoti 2026-yilda 3 foizga va 2027-yilda 3 foizga  o‘sadi. Bu haqda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlarida keltirilgan.

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari orasida Hindistonning yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda eng ko‘p o‘sdi, ya’ni 7,6 foiz. Bu ko‘rsatkich 2026 va 2027-yillarda biroz pasayib, mos ravishda 6,3 foiz va 6,4 foizni tashkil etadi. Biroq, Hindiston eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyot bo‘lib qolishi prognoz qilinmoqda.

Indoneziya YIM o‘sishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi, 2025-yilda YAIM bu mamlakatda 5,1 foizga oshdi. OECD Indoneziya 2026–2027-yillarda ikkinchi eng yuqori YIM o‘sishini saqlab qolishini bashorat qilmoqda.

image_2026-07-08_14-51-58

Manba: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)

Xitoy iqtisodiyoti ham o‘sishda davom etmoqda. Biroq, mamlakat ham biroz sekinlashishi mumkin. Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 5 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, u 2026-yilda 4,5 foizga va 2027-yilda 4,3 foizga yetishi mumkin.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 2026-yilda aksariyat mamlakatlar uchun o‘sish sur’atlarining biroz pasayishini bashorat qilmoqda. Janubiy Koreya bundan mustasno bo‘lishi mumkin. 2025 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 1 foizni tashkil etdi. Biroq, 2026 yilda mikrochiplar atrofidagi vaziyat tufayli mamlakat iqtisodiyoti 2,6 foizga o‘sishi mumkin.

Rossiya iqtisodiyoti ham sekinroq sur’atlarda bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik bilan o‘sishda davom etmoqda. 2025 yilda YIM taxminan bir foizga o‘sdi. OECD 2026-yilda 0,5 foiz va 2027-yilda 0,8 foiz o‘sishni prognoz qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilgacha qayerdagi odamlar eng ko‘p boyishi, aholi jon boshiga YIM eng tez o‘sadigan davlatlar reytingini yozgan edik. Ular orasida O‘zbekiston qo‘shnilari ham bor.

Teglar

Mavzuga oid