add

Ehtiyot bo‘ling, firibgarlar: qariyalarimizni ulardan qanday himoya qilish mumkin?

Octobank internet firibgarlik holatlari va ulardan qanday himoyalanish haqida xabardorlikni oshirishda davom etadi. bugungi kunda ayniqsa yoshi katta insonlar moliyaviy jinoyatlarning asosiy nishoniga aylangan.

Ehtiyot bo‘ling, firibgarlar: qariyalarimizni ulardan qanday himoya qilish mumkin?
Ushbu maqolada — nega bu guruh ko‘proq xavf ostida va qanday choralar bilan ularni himoya qilish mumkinligi haqida so‘z yuritamiz. Nega yoshi katta insonlar ko‘proq qurbon bo‘lishadi? Yosh keksaygani sayin insonning yangi texnologiyalarga moslashuvi sekinlashadi. Raqamli xizmatlarga ishonchsizlik, kiberxavflar haqida yetarli ko‘nikma va bilimning yo‘qligi va ortiqcha xavotir — bularning barchasi yoshi kattalarni firibgarlik uchun qulay nishonga aylantiradi. Raqamlar ham shuni tasdiqlaydi: O‘zbekistonda kiberjinoyatlarning 98 foizi bank kartalari bilan bog‘liq.  Firibgarlar qanday harakat qiladi? Firibgarlar odamni aldashda psixologik bosim va ishonch uyg‘otish metodlaridan foydalanadi. Eng ko‘p uchraydigan sxemalar quyidagicha:
  • «Farzandingiz avtohalokatga uchradi»
Yolg‘on qo‘ng‘iroqlar orqali o‘zini qarindosh deb tanishtirib, yig‘i aralash ovoz bilan yordam so‘rashadi. «Pulni kuryerga bering» kabi shoshilinch talablarga urg‘u beriladi.
  • «Kommunal xizmatdan qarzingiz bor»
Jinoyatchilar «gaz» yoki «elektr energiyasi» uchun to‘lanmagan qarz borligini hamda hisob raqamlariga pul o‘tkazishni so‘rashadi. Aslida esa to‘lov qilinmaydi va pullar firibgarlar tomonidan o‘zlashtiriladi.
  • «My.gov.uz ilovasini yangilang»
Davlat ilovalari niqobi ostida zararli dasturlar tarqatiladi. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini (karta raqami, parollar) o‘zi bilmagan holda firibgarlarga berib qo‘yadi.  Keksalarni qanday himoya qilish mumkin?
  1. Texnik himoya o‘rnating
  • Mobil bank va boshqa ilovalarda ikki bosqichli autentifikatsiya yoqing. Bu firibgarlar tomonidan ruxsatsiz kirishning oldini oladi.
  1. Huquqiy vositalardan foydalaning
  • Kredit olishni avtomatik taqiqlash funksiyasini my.gov.uz orqali faollashtiring. Bu chora bankka tashrif bo‘lmasdan turib kredit rasmiylashtirishni cheklaydi.
  • Moliyaviy ishonchnoma tuzish orqali yaqinlaringizga sizning nomingizdan moliyaviy ishlarni yuritish huquqini berasiz — bu uchinchi shaxslarning aralashuvisiz amalga oshiriladi.
  1. Axborot va ko‘nikma bering
  • Firibgarlik sxemalari haqida aniq va sodda tilda tushuntiring.
  • Mahalla yoki kutubxonada raqamli savodxonlik kurslariga jalb qiling.
  • Markaziy bank tomonidan tayyorlangan firibgarlikni aniqlash bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar berilgan axborot risolalaridan foydalaning.
Keksalar ushbu foydali ma’lumotlardan qanchalik ko‘p xabardor bo‘lishsa — ularning firibgarlar tuzog‘iga tushish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Ular bilan xotirjam va muloqotda bo‘ling, telefonlari va ilovalarini sozlashda yordam bering. Eng muhimi — yonlarida bo‘ling. Avvalroq Octobank firibgarlar sun’iy intellektdan qanday foydalanayotganini, ular bolalar bilan qanday aloqa o‘rnatishini hamda soxta saytlar orqali ma’lumotlarni qanday qo‘lga kiritishini tushuntirib bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid