add

Eron Isroilga qarshi yangi raketa taktikasi qo‘lladi: 35 raketa, 3 to‘g‘ri zarba

22.06.2025 | 15:0014574

22 iyun tongida Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi Isroilga qarshi yangi taktik hujum o‘tkazdi. Ballistik va havo hujumidan himoya tizimiga chap berishga mo‘ljallangan raketalar qo‘llanildi. Raketalar Tel Aviv, Hayfa va Nes Sionaga yetib borgan, 23 kishi yaralangan.

Eron Isroilga qarshi yangi raketa taktikasi qo‘lladi: 35 raketa, 3 to‘g‘ri zarba
Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) matbuot kotibi 22 iyun kuni e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, AQSHning Eron yadroviy ob’ektlariga havo hujumlariga javoban Isroilga qarshi maxsus raketa hujumi amalga oshirilgan. Unda ilk bor yangi taktika — yuqori talafot yetkazuvchi ballistik raketalar va hovo hujusmidan himoya (HHH) tizimlariga chap berishga qodir raketa turlari birgalikda qo‘llangan. Hujumning asosiy nishonlari sifatida «Ben-Gurion» xalqaro aeroporti, IIMK tomonidan tilga olingan «biologik tadqiqotlar instituti» va bir nechta harbiy bazalar ko‘rsatilgan. Bu obektlarga nisbatan zarar darajasi va texnik axborot aniq emas. Isroil rasmiylari ma’lum qilishicha, tong soatlarida mamlakat bo‘ylab xavf signali berilib, raketa to‘lqini Gush Dan, markaziy va shimoliy hududlarni qamrab olgan. Alohida holat sifatida Hayfada portlash kuzatilgan bo‘lsa-da, xavf signali ishlamagan. 07:38 da hujum Gush Dan, Sharon va Shfela okruglari hamda G‘arbiy Quddusda qayd etilgan. 07:42 da esa Hayfa va Jo‘lan tepaliklari atrofiga raketa otilgan. Keyingi zarbalar 07:44, 07:48 va 08:02 da kuzatilgan. Jami 35 ta raketa otilgan bo‘lib, ularning aksariyati Isroil HHH tizimlari tomonidan osmondayoq yo‘q qilingan. Biroq Tel Aviv, Hayfa va Nes Sionada mo‘ljalga to‘g‘ri yetib borgan zarbalar kuzatilgan. Portlashlar oqibatida 23 kishi jarohatlangan. Ulardan biri o‘rta darajada, qolganlari yengil tan jarohati olgan. Eron tomoni hujumlar bilan bir vaqtda Isroilning harbiy va ilmiy infratuzilmasiga zarar yetkazish hamda HHH tizimini chalg‘itish maqsadini ko‘zlagan.

Teglar

Mavzuga oid