
G‘azoda insonparvarlik yordami punkti yaqinida otishma: 25 kishi halok bo‘ldi
01.06.2025 | 18:4512963
G‘azo sektorida insonparvarlik yordami olish uchun to‘plangan odamlarga qarshi o‘t ochilishi oqibatida kamida 25 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 175 kishi jarohatlandi. Isroil armiyasi voqea bo‘yicha ma’lumotga ega emasligini bildirmoqda.

1 iyun, yakshanba kuni G‘azo sektoridaning Rafah tumanida humanitar yordam punktiga yaqin hududda yuz bergan otishma natijasida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 175 nafar fuqaro turli tan jarohatlarini oldi. Hodisa odamlar insonparvarlik oziq-ovqat yordamini olish uchun yig‘ilgan paytda sodir bo‘ldi.
Guvohlarning so‘zlashicha, Isroil qo‘shinlari yordam markazidan taxminan bir kilometr uzoqlikdan turib odamlarga qarata o‘t ochgan. Holbukti bu yerda hech qanday zo‘ravonlik yoki tartibsizlik holati kuzatilmagan.
Isroil armiyasi qisqa bayonotida «humanitar zonada Isroil askarlari tomonidan o‘q ochilgani haqida ma’lumot yo‘q», deb bildirgan. Shunga qaramay, mahalliy hokimiyat va guvohlar voqea yuz berganini tasdiqlamoqda.
Isroil va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Gaza Humanitarian Foundation tashkiloti yordam tarqatish jarayoni «insidentsiz» o‘tganini ta’kidlagan. Biroq BMT va yirik insonparvarlik tashkilotlari ushbu tizimni tanqid qilib, unda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Associated Press agentligiga guvohlik bergan Ibrohim Abu Saud ko‘plab jarohatlangan va halok bo‘lganlar borligini aytdi: «Ular bizga qarata juda qattiq o‘t ochishdi», — dedi u. Boshqa bir guvoh Muhammad Abu Taima esa uning ammasining o‘g‘li ko‘kragiga urilgan o‘q natijasida halok bo‘lganini, yana ko‘plab odamlar jarohatlanganini ma’lum qildi.





