add

Grenlandiya hukumati: «Orol NATO tomonidan himoya qilinishi kerak»

Bugun 15:372 daqiqa

Hukumat NATO himoyasi faqat ittifoq doirasida bo‘lishini ta’kidlab, AQSHning nazoratga olish haqidagi da’volarini rad etdi.

Grenlandiya hukumati: «Orol NATO tomonidan himoya qilinishi kerak»

Grenlandiya hukumatining 12-yanvar kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotida Arktikada joylashgan ushbu hudud xavfsizligi faqat NATO doirasida ta’minlanishi kerakligini ma’lum qildi. Orolni AQSH nazoratiga olish haqidagi da’volarni qat’iy rad etdi.

«Reuters xabariga ko‘ra, Grenlandiya koalitsion hukumati barcha NATO a’zolari, jumladan, AQSH ham, orol mudofaasida umumiy manfaatga ega ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, hukumat Grenlandiya ustidan AQSH tomonidan har qanday nazorat o‘rnatilishini qabul qilib bo‘lmasligini ochiq bildirgan.

Bayonotda aytilishicha, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibidagi avtonom hudud bo‘lib, NATO a’zosi hisoblanadi. Shu bois uning mudofaasi ittifoq mexanizmlari orqali amalga oshirilishi shart. Grenlandiyaning geografik joylashuvi va tabiiy resurslarga boyligi uni global kuchlar diqqat markaziga aylantirib qo‘ymoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp avvalroq Vashington Grenlandiyani o‘z nazoratiga olishi zarurligini bildirgan edi. Uning fikricha, bu Rossiya yoki Xitoyning Arktikada ta’sirini kuchaytirishining oldini oladi. Biroq mazkur g‘oya AQSH Kongressida va xalqaro maydonda jiddiy qarshilikka uchramoqda.

Shu kuni Yevropa Ittifoqining mudofaa va kosmos masalalari bo‘yicha komissari Andryus Kubilyus AQSH tomonidan Grenlandiyaga harbiy yo‘l bilan egalik qilinishi NATOning parchalanishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Ushbu bayonot Yevropa davlatlarida xavotirni yanada kuchaytirdi.

Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen esa orol demokratik jamiyat ekanini va barcha qarorlar xalqaro huquq asosida qabul qilinishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1979 yildan beri mustaqillikka bosqichma-bosqich intilish barcha siyosiy kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Yevropa hamkorlari bilan birgalikda Grenlandiyaga harbiy kontingent yuborish imkoniyatlarini muhokama qilayotgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid