Logo

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda zargarlik sanoatiga 20 mln dollarlik investitsiya kiritadi

Hindistonning Goldstar Group kompaniyasi O‘zbekistonda yiliga 10 tonnagacha zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda zargarlik sanoatiga 20 mln dollarlik investitsiya kiritadi

O‘zbekiston Hindistonning Goldstar Group kompaniyasi bilan mamlakatda zamonaviy zararlik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi

Loyiha doirasida 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yiliga 10 tonnagacha zararlik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatini yaratish va 100 dan ortiq ish o‘rni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Goldstar Group delegatsiyasi Toshkentdagi FONON korxonasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda O‘zbekzargarsanoati, «Gold Moon Tashkent», «Global Universal Servis» vakillari hamda Uchtepa tumani hokimligi ishtirok etdi.

Tomonlar zararlik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida hamkorlikni kengaytirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan memorandum loyihasi ko‘rib chiqildi.

Teglar

Mavzuga oid