add

Hindiston Ozarboyjonning SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qildi

01.09.2025 | 23:0020043

Ozarboyjonning Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga to‘laqonli a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasiga Hindiston yana qarshi chiqdi.

Hindiston Ozarboyjonning SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qildi
AnewZ manbasiga ko‘ra, Hindistonning bunday pozitsiyasi Ozarboyjonning Pokiston bilan yaqin ittifoqchilik munosabatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi tarixiy ziddiyatlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi qarorlarga ham ta’sir ko‘rsatib keladi. Shu bilan birga, Xitoy rasman Ozarboyjonning SHHTga qo‘shilish arizasini qo‘llab-quvvatladi. Bunga javoban Pokiston ham Armanistonning SHHTga a’zo bo‘lish arizasini blokladi. 31 avgust kuni Xitoyda SHHTning navbatdagi sammiti boshlandi. Unda tashkilot a’zolari — Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ham qatnashmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin SHHT+ yig‘ilishida so‘zga chiqib, tashkilotga kuzatuvchi yoki muloqot hamkori maqomida qo‘shilishni istagan 10 dan ortiq davlat arizasi ko‘rib chiqilayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu arizalarga samimiy va hurmatli yondashish kerak. Ayni vaqtda Ozarboyjon SHHTda muloqot bo‘yicha sherik maqomiga ega. Ammo rasman kuzatuvchi davlat maqomini olish uchun ariza topshirgan edi. Bunga erishish yo‘lidagi asosiy to‘siq sifatida aynan Hindiston chiqmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Hindiston Ozarboyjonning SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qildi | Vaqt.uz