add

«Ilgari hal etilgan va o‘z yechimini topgan ba’zi masalalarni qayta muhokamaga olib chiqmaylik» — Ahror Burhonov

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov ayrim masalalar yechim topganidan keyin ham qayta muhokamaga chiqarilishi jamoatchilikda ortiqcha xavotir uyg‘otishini aytdi.

«Ilgari hal etilgan va o‘z yechimini topgan ba’zi masalalarni qayta muhokamaga olib chiqmaylik» — Ahror Burhonov
So‘nggi kunlarda blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida avgust oyi oxirida tarqalgan video yana muhokama etilmoqda. Unda Rossiyada bir yo‘lovchi o‘zbekistonlik taksi haydovchisini «ruslarning qulisan» deya kamsitib, haqorat qilgan edi. Holbuki, mazkur voqea bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga rasmiy nota yo‘llagan. Masala o‘z yechimini topganligiga qaramay, yana muhokama qilinayotganligi kuzatilmoqda. Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov, bunday holat asossiz tushunmovchilik va beqarorlik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida aytdi.
«Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va faol blogerlar! Sizning ovozingiz, xolis fikringiz va yoritayotgan mavzularingiz jamiyatimiz hayotida juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun Sizlardan dolzarb, bugungi kun uchun haqiqatan ham muhim bo‘lgan masalalarni ko‘tarishingizni so‘rab qolamiz», — dedi u.
Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, TIV va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning asosiy vazifalaridan biri har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Mutasaddi idoralar bu yo‘nalishda doimo mas’uliyat bilan ishlamoqda. Barcha harakatlar fuqarolar farovonligi va mamlakat obro‘sini yuksaltirishga qaratilgan. Shu bois har bir xabar va chiqishda mas’uliyatni his etish hamda yurt ravnaqi yo‘lida hamkorlikda ishlash zarur.

Teglar

Mavzuga oid