
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati tartibga solindi
16.09.2025 | 12:1545592
Hukumatning 15 sentyabrdagi qarori bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ustavi tasdiqladi.

Hukumat qarori (583-son, 15.09.2025 y.) bilan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi»ning ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Yangi hujjat markazning asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi. Markazning vazifalaridan biri — islom dinining insonparvarlik mohiyati va ma’rifiy-madaniy rolini ilmiy asosda o‘rganib, jamiyatga yetkazishdan iborat.
Ustavga ko‘ra, markaz Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari asarlarini tadqiq qilishga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshiradi. Shuningdek, islom ta’limotida ilm-ma’rifat va insoniylik g‘oyalarini ochib berishga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib boriladi.
Markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vasiylik kengashi tashkil etilishi belgilandi.





