add

Isroil Eronda uchta F-14 harbiy uchog‘ini yo‘q qildi, yana ikkitasi Tehronda urib tushirildi

22.06.2025 | 09:002263

Isroil havo kuchlari Eron markazidagi harbiy ob’ektlarga zarba berib, 1970-yillarda AQSHdan xarid qilingan uchta F-14 Tomcat samolyotini yo‘q qildi. SAHAL xabariga ko‘ra, bu Eronning strategik imkoniyatlarini tiklashga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan.

Isroil Eronda uchta F-14 harbiy uchog‘ini yo‘q qildi, yana ikkitasi Tehronda urib tushirildi
  Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) so‘nggi kunlarda Eronning markaziy hududida joylashgan harbiy ob’ektlarga navbatdagi havo hujumlarini amalga oshirdi. SAHAL maibuot kotibi, brigada generali Efi Dafrinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu operatsiya doirasida Isroil havo kuchlari Eronga tegishli uchta F-14 Tomcat qiruvchi harbiy uchog‘ini yo‘q qilgan. F-14 samolyotlari — AQSHda ishlab chiqarilgan va Eron tomonidan 1970-yillarda sotib olingan to‘rtinchi avlod qiruvchi uchoqlaridir. Bu samolyotlar ayniqsa uzoq masofali havo hujumlariga qarshi qo‘llaniladigan muhimi texnika sifatida ma’lum. General Dafrinning ta’kidlashicha, Isroil bu zarbalar orqali Eronning strategik harbiy infratuzilmasini tiklash imkoniyatini cheklamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning hujumlari raketa tizimlari, artilleriya va dron flotini ham o‘z ichiga olmoqda. Oxirgi haftada Eron tomonidan Isroilga qariyb 1000 ta dron uchirilgani qayd etilmoqda. Shu sabab, Isroil armiyasi nafaqat mudofaa, balki hujumkor taktikani ham qo‘llamoqda — ular Eron dronlariga rahbarlik qiluvchi markazlarni aniqlab, yo‘q qilmoqda. Avvalroq SAHAL Tehron aeroportida joylashgan yana ikki F-14 samolyoti yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi. Hujumlar bo‘yicha Eron rasmiylaridan hozircha rasmiy munosabat bildirilmadi.

Teglar

Mavzuga oid