add

Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi

23.01.2026 | 22:161 daqiqa

Yangi tartibga ko‘ra, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan barcha turdagi kontent, jumladan tasvirlar, videolar, audiolar va dipfeyklar majburiy tarzda maxsus belgilar bilan belgilanishi shart.

Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi

Janubiy Koreya sun’iy intellektni tartibga soluvchi kompleks qonun kuchga kirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Hujjat sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentni, jumladan tasvirlar, video, audio va dipfeyklarni majburiy ravishda belgilashni (markirovka qilishni) talab etadi. Bu haqda Reyter agentligi yozmoqda.

Yangi tartib nima haqida?

Gap 2026 yil yanvar oyidan amal qila boshlagan «Sun’iy intellekt to‘g‘risida»gi asosiy qonun (AI Basic Act) haqida bormoqda. U SI-servislari ishining shaffofligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi va generativ modellar tomonidan yaratilgan barcha materiallarni majburiy belgilashni joriy etadi. Foydalanuvchilar o‘z qarshilaridagi kontent sun’iy intellekt mahsuli ekanligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabardor qilinishi kerak.

Sog‘liqni saqlash, transport, moliya va xavfsizlik kabi yuqori xavfli sohalar uchun alohida talablar ko‘zda tutilgan. Bu holatlarda sun’iy intellektdan foydalanishga faqat inson nazorati mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.

Jazo

Qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar belgilangan. Shu bilan birga, rasmiylar kompaniyalar yangi talablarga sanksiyalarsiz moslashib olishlari uchun o‘tish davrini e’lon qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, qonun Janubiy Koreya parlamenti tomonidan 2024 yilning oxirida qabul qilingan edi. Undan ko‘zlangan maqsad — dipfeyklar va boshqa SI-kontentlari bilan bog‘liq dezinformatsiya hamda suiiste’mol qilish xavflarini kamaytirish, shuningdek, jamiyatning yangi texnologiyalarga bo‘lgan ishonchini oshirishdir.

Teglar

Mavzuga oid