add

Jizzaxda 12 mlrd dollarlik yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

02.12.2025 | 21:183251 daqiqa

Ushbu loyihalar amalga oshirilgach, viloyat sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalari bo‘yicha yanada rivojlangan hududga aylanishi kutilmoqda.

Jizzaxda 12 mlrd dollarlik yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Prezident ishtirokidagi Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatda har bir tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, investorlarga aniq loyihalar paketini taklif qiladigan muhit shakllangani qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatidagi ulkan salohiyat hisobiga hozirning o‘zida 12 milliard dollarlik 152 ta yirik investitsiya loyihasi portfeli tayyor ekani e’lon qilindi.

Mazkur loyihalar amalga oshirilsa, viloyat sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida yanada rivojlangan va jozibador hududga aylanadi. Xususan, viloyatning tog‘li, suvli va yaylov hududlari bog‘dorchilik hamda turizm bo‘yicha, dasht va cho‘l yeri ko‘p tumanlar esa sanoat bo‘yicha yangicha yondashuvlar asosida rivojlantiriladi.

Shuningdek, sanoat zonalaridagi 3 ta direksiya negizida investorlarni kutib olish, ularga hamrohlik qilish, marketing bilan shug‘ullanadigan Yagona boshqaruv kompaniyasi tashkil qilinadi.

Ushbu kompaniyaga sanoat zonalarida joylashadigan loyihalarga yerning bozor qiymatida ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz