Kreml Rossiyada yashovchi 100 ming armanni Pashinyanga qarshi ovoz berish uchun yubormoqchi — Reuters

Bugun 19:551 daqiqa

Rossiya Armanistonning G‘arb bilan yaqinlashuvini to‘xtatish uchun yashirin rejalarni ishga solmoqda. Moskvaning maqsadi haqida rasmiy izohlar hozircha yo‘q.

Kreml Rossiyada yashovchi 100 ming armanni Pashinyanga qarshi ovoz berish uchun yubormoqchi — Reuters

Rossiya hukumati Rossiyada yashayotgan Armaniston fuqarolarini mamlakatda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida ishtirok etish uchun vatanlariga jo‘natish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda to‘rtta manbaga tayanib «Reuters» agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, muhokamalar Nikol Pashinyan boshchiligidagi hukumat raqiblarini qo‘llab-quvvatlash ehtimoli bilan bog‘liq.

Manbalarning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni 100 ming nafargacha saylovchini vataniga yuborish ehtimolini ko‘rib chiqqan.

«Reuters» suhbatdoshlarining aytishicha, Rossiya hukumati bunday tashabbusni amalga oshirish xarajatlarini taxminan 50 million dollarga baholagan. Shuningdek, may oyida Rossiya hududlari bo‘yicha muayyan kvotalar taqsimlangani ham aytilmoqda.

Reja tasdiqlanmadi

Biroq agentlik mazkur reja amalda bajarilayotganini mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan.

Shuningdek, ehtimoliy tashabbus saylov natijalariga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ham noaniqligicha qolmoqda.

Pashinyan hozircha oldinda

May oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, bosh vazir Nikol Pashinyanning «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi 30 foizga yaqin qo‘llab-quvvatlash bilan yetakchilik qilmoqda.

Uning asosiy raqiblaridan biri hisoblangan Samvel Karapetyanning «Kuchli Armaniston» partiyasi esa taxminan 6 foiz natija qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid