
Magistratura uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi — faqat sertifikat egalari ishtirok etadi
07.07.2025 | 23:0016931
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.





