add

Maktab o‘quvchilari fiziologik holatiga qarab sport turlariga yo‘naltiriladi

18.07.2025 | 19:1039412

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 17 iyuldagi 447-sonli qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sportga yo‘naltirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Bu qaror sportni ommalashtirish va iqtidorli bolalarni erta aniqlashga xizmat qiladi.

Maktab o‘quvchilari fiziologik holatiga qarab sport turlariga yo‘naltiriladi
Qarorga ko‘ra, o‘quvchilarni har yilgi tibbiy ko‘riklar jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holati baholanadi. Ushbu ma’lumotlar asosida sport turlariga bo‘lgan qobiliyatlari aniqlanib, «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimiga kiritiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab maktab hamshiralari uchun maxsus o‘quv-seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminarlar davomida ular o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash usullariga o‘rgatiladi. Shuningdek, «ERP-maktab» axborot tizimi orqali har bir o‘quvchining jismoniy holati, qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab sport turlariga bo‘lgan munosabati baholanadi va bu haqdagi ma’lumotlar elektron bazada qayd etiladi. Ushbu yangilik maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va salohiyatli sportchilarni tizimli ravishda saralab olish imkonini yaratadi.

Teglar

Mavzuga oid