add

Mirziyoyev Aliyevni tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi

09.08.2025 | 21:2039852

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mirziyoyev Aliyevni tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi
Davlatimiz rahbari ozarboyjonlik hamkasbini va qardosh xalqni kuni kecha Vashingtonda Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan tinchlik deklaratsiyasi bilan samimiy qutladi. Prezidentlar yaqin vaqtda to‘liq tinchlik bitimi imzolanishi Janubiy Kavkazda uzoq muddatli barqarorlik va rivojlanishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston rahbarining joriy yil iyul oyida Bokuda o‘tgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama etildi. Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Tomonlar o‘rtasida barcha darajada faol aloqalar davom etmoqda. Joriy yil boshidan ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. «Yo‘l xaritasi» asosida iqtisodiyotning turli sohalarida istiqbolli qo‘shma loyihalar shakllanmoqda. Shuningdek, strategik neft-gaz loyihasi bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Prezidentlar yaqinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar taqvimini ham ko‘rib chiqdilar.

Teglar

Mavzuga oid