Logo

«MobiUz»ni $351 mlnga sotib oladigan AQSH konsorsiumi infratuzilmaga $500 mln investitsiya kiritadi

Bugun 20:102 daqiqa

Loyihaning umumiy qiymati 851 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

«MobiUz»ni $351 mlnga sotib oladigan AQSH konsorsiumi infratuzilmaga $500 mln investitsiya kiritadi © gov.uz

Mobiuz mobil operatorining 100 friz lik ulushi bo‘yicha o‘tkazilgan savdolarda g‘olib bo‘lgan, AQSHning «McKim and Company» kompaniyasi boshchiligidagi investorlar konsorsiumi kompaniyani xususiylashtirish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Mazkur kelishuv V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda AQSHning «McKim and Company» kompaniyasi boshchiligidagi moliyaviy investorlar va sohaviy texnologik hamkor «JVR Enterprises LLC» (DBA – «JVR Capital Group») ishtirokidagi konsorsium o‘rtasida rasmiylashtirildi.

Ushbu hujjat «Universal Mobile Systems» MCHJ (MobiUz) ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga 500 million dollar ajratiladi

Hamkorlik doirasida «MobiUz» kompaniyasini xorijiy investorga 351 mln AQSH dollari miqdorida sotish, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha 500 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 851 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
Ushbu kelishuv raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, sohada raqobat muhitini kuchaytirish va mamlakat telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Imzolangan hujjat O‘zbekistonda davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish, xususiy sektor rolini oshirish va davlat aktivlarini bozor tamoyillari asosida transformatsiya qilishga qaratilgan islohotlarning izchil davomi hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur kelishuv xalqaro strategik investorlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarga bo‘lgan yuqori ishonchi va qiziqishi ortib borayotganini namoyon etadi.

Teglar

Mavzuga oid