add

Nurota tog‘ tizmasidagi nodir qoyatosh tasvirlari ilmiy asosda hujjatlashtirildi

28.07.2025 | 10:451952

2025 yil iyun-iyul oylari davomida Nurota tog‘ tizmasida joylashgan qator manzillarda ibtidoiy odamlar hayotiga oid yuzlab noyob qoyatosh rasmlari aniqlanib, ilmiy tadqiq qilindi. Ushbu ishlar Samarqand arxeologiya institutining mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan.

Nurota tog‘ tizmasidagi nodir qoyatosh tasvirlari ilmiy asosda hujjatlashtirildi
Tadqiqotlar «O‘rta Zarafshon havzasi qoyatosh rasmlari katalogini yaratish» amaliyoiy loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyihaga institut direktori o‘rinbosari Azbiddin Xolmatov rahbarlik qildi. Ushbu jarayonda Oqtog‘, G‘o‘bdintog‘ va Qaroqchitog‘ hududlaridagi soo‘ va daralar — Qoraqismoqsoy, Etimsoy, Alamlisoy, Andoqsoy, Oqmo‘lasoy, Quyukdara, Burg‘ansoy, Jizmonsoy va Sangijumonsoy yetaklaridagi tasvirlar o‘rganildi. Qoyatosh rasmlari zamonaviy usullar asosida hujjatlashtirilib, to‘liq ro‘yxatga olindi. Rasmlar orasida odamlar, buqa va sigir kabi uy hayvonlari, shuningdek, sher, bug‘u, tog‘ echkisi, qulon va ot kabi yovvoyi jonzotlar aks ettirilgan. Ayniqsa, qochayotgan tog‘ echkilari va ularni quvlab ketayotgan sher manzarasi alohida e’tiborga sazovor. Olimlarning fikricha, ushbu tasvirlar orqali ibtidoiy insonlarning faoliyati, diniy qarashlari, hayot tarzi va tabiatga munosabati haqida muhim ma’lumotlar olish mumkin. Bunday rasmlar yurtimizdagi arxeologik merosning boyligini yana bir bor namoyon etadi.

Teglar

Mavzuga oid

Nurota tog‘ tizmasidagi nodir qoyatosh tasvirlari ilmiy asosda hujjatlashtirildi | Vaqt.uz