add

O‘zbekiston orqali Rossiyaga sanksiyadagi tovarlar yetkazib berilishi to‘xtatildi — YeI

Yevropa Ittifoqi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston orqali Rossiyaga sanksiyaga tushgan tovarlarni yetkazib berishni to‘xtatish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan.

O‘zbekiston orqali Rossiyaga sanksiyadagi tovarlar yetkazib berilishi to‘xtatildi — YeI
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan ma’lum qilishicha, Armaniston, Hindiston, Serbiya va O‘zbekiston orqali Rossiyaga harbiy va ikki maqsadli tovarlar eksportini cheklashda ijobiy natijalar qayd etilgan. Bu xulosalar 20 may kuni bo‘lib o‘tgan YeI Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishi yakunlariga asoslangan hisobotda aks etdi. O’Sallivan so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan hamkorlik so‘nggi paytda samara bermoqda. Yevropa kompaniyalarining ayrimlari orqali sanksiyadagi tovarlar aylanmasida Xitoy va Gonkong orqali yirik qoidabuzarliklar kuzatilgan — bu holatlar jami holatlarning taxminan 80 foizini tashkil qilgan. Shu bilan birga, Turkiya, BAA va Qozog‘iston bilan o‘zaro hamkorlikda to‘liq natijaga erishilmagani qayd etildi. Yevropa Ittifoqi bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirmoqda. YeI vakili YeI davlatlarini Rossiyaning “soyadagi floti”ga qarshi qat’iyroq choralar ko‘rishga chaqirdi. Xususan, u Rossiya tankerlari muntazam faoliyat yuritadigan Turkiya, Hindiston va Malayziya portlariga nisbatan choralar ko‘rishni taklif qildi. Hisobotda YeI sanksiya siyosatining asosiy muammolaridan biri sifatida AQSH ma’muriyati bilan aloqalar uzilgani qayd etilgan. Yevropa tomoni Amerika moliyaviy idoralaridan so‘nggi haftalarda Rossiya aktivlari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni olmayotgani ta’kidlangan. Ma’lumot uchun, 21 may kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketini qabul qildi. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondagi Trade Engine System kompaniyasi ham kiritilgan.

Teglar

Mavzuga oid