
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida tarixiy uchrashuv — TIV rahbarlari ilk bor yuzma-yuz ko‘rishdi
23.06.2025 | 21:2026132
Islom hamkorlik tashkilotining Istanbuldagi 51-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Suriya TIV rahbari Asad Hasan Shayboniy tarixiy uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida suriyalik mavqedoshi Asad Hasan Shayboniy bilan uchrashdi.
«Mintaqaviy totuvlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidladik. O‘zbekiston Suriyada tinch hayotni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarda ishtirok etishni va ko‘mak ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladik», deya yozgan Saidov o‘zing rasmiy Telegram sahifasida.
Bu ikki davlat tashqi ishlar rahbarlari o‘rtasidagi ilk rasmiy muloqot bo‘ldi va bu uchrashuv tashkilot sammiti doirasida amalga oshdi.





