
O‘zbekistonda aholining yarmidan ko‘pi mehnatga layoqatli ekanligi aytildi
13.08.2025 | 17:304202
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra doimiy aholi soni va tarkibi haqida ma’lumot berdi.

Respublikada aholi soni 37,9 mln kishini tashkil etgan. Shuning 21,2 millioni yoki 56 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardir. 12,2 mln kishi (32,2 foiz) mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar bo‘lsa, 4,5 mln kishi (11,8 foiz) mehnatga layoqatli yoshdan kattalardir.
Mehnatga layoqatli aholining yuqori ulushi iqtisodiy faollik imkoniyatlarini oshirishi bilan birga, ish o‘rinlari yaratish va mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni ham kun tartibiga qo‘yadi.
Mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar ulushi katta ekani esa, ta’lim tizimi va yoshlar bandligiga oid siyosatda izchil choralar ko‘rish zarurligini anglatadi.
Demografik ko‘rsatkichlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasini belgilashda muhim omil bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda aholi 2030 yilda 41 millionga, 2050 yilga kelib esa 51 milliongacha o‘sishi kutilayotganligi haqida xabar bergan edik.





