add

O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtirish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegarada amalga oshiriladi

12.08.2025 | 12:0043273

Import jarayonida ortiqcha vaqt va xarajatlarni qisqartirish maqsadida tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bosqichi chegaraga ko‘chiriladi.

O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtirish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegarada amalga oshiriladi
O‘zbekistonda import tovarlarini erkin muomalaga chiqarish tartibi tubdan soddalashtiriladi. Bu haqda Tamojena qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodir Musamuxamedov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hozirgi kunda tovarlar bojxona chegarasidan o‘tgach: tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi, tashqi iqtisodiy faoliyat postida bojxona omboriga joylanadi kerakli sertifikatlar olingandan keyingina erkin muomalaga chiqarishga ruxsat beriladi. Bu jarayon 2–3 kun va 15–25 mln so‘m xarajat talab qiladi. Yangi tizimga ko‘ra, deklaratsiyalarni rasmiylashtirish bevosita chegarada amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda esa sertifikat va ruxsatnoma beruvchi idoralar ishi takomillashtiriladi. Musamuxamedovning ta’kidlashicha, bunday amaliyot Singapur va Yevropa davlatlarida samarali qo‘llaniladi. U, shuningdek, bojxona tizimida kuzatilayotgan «soyali iqtisodiyot» shakllarini sanab o‘tdi: tovar qiymatini pasaytirish, imtiyozlardan noto‘g‘ri foydalanish, narxlarni sun’iy oshirish, shaxsiy foydalanish niqobi ostida tijorat yuklarini olib kirish mahsulot nomi yoki kodiga o‘zgartirish kiritish. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11 avgustdagi yig‘ilishida «soyali iqtisodiyot»ni qisqartirishga qaratilgan choralar muhokama qilindi (https://president.uz/ru/lists/view/8376). Shu doirada, yuqori bojxona stavkalari ko‘p hollarda tovarlarni noqonuniy yoki arzonlatilgan tartibda olib kirishga undayotgani ta’kidlandi. Musamuxamedov, bojxona tariflarini optimallashtirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishini bildirdi. Unga ko‘ra, islohotlar bosqichma-bosqich to‘liq amalga oshirilishi «soyali iqtisodiyot»ni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid