add

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun mobil ilovada ma’lumotlar bazasi yaratiladi

20.06.2025 | 18:2044392

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga tushiriladi. Prezidentning 2025 yil 19 iyun kuni qabul qilingan farmoniga asosan, ushbu platforma davlat xizmatchilarining shaxsiy rivojlanishi, malakasini oshirish va o‘zaro muloqotini kuchaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun mobil ilovada ma’lumotlar bazasi yaratiladi
Mazkur ilova orqali xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar — ish faoliyati, kompetensiyalar, shaxsiy rivojlanish rejasi, bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari kabi axborotlar bazasi yaratiladi. Shu orqali rahbarlar xodimlar faoliyatini monitoring qilishi, tashabbuslarga munosabat bildirishi va tarmoqlararo muvofiqlashuvni samarali yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Ilovada davlat xizmatchilarining kompetensiyalari masofaviy tarzda rivojlantiriladi, malaka oshirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘planadi. Bu orqali xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilash imkoniyati yaratiladi. Farmonda, shuningdek, har yili 23 iyun — BMTning Davlat xizmati kuni munosabati bilan davlat idoralarida xizmatchilar oila a’zolari uchun maxsus «oila kuni» (family day) tadbirlari o‘tkazilishi ham belgilab qo‘yildi. Yana bir muhim jihat — kadrlar siyosati uchun javobgar bo‘lgan HR rahbarlari rahbar maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi. Ular Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Teglar

Mavzuga oid