
O‘zbekistonda G‘aznaviylar sulolasi asoschisining oltin patnisi namoyish etiladi
02.09.2025 | 23:103303
G‘aznaviylar 977-1186 yillarda Markaziy Osiyo hududida hukmronlik qilgan turkiy sunniy sulola hisoblanadi. Somoniylar sulolasi Movarounnahrdagi arab bo‘lmagan birinchi musulmon hukmdorlar bo‘lib, yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida X–XI asrlarga oid oltin qoplamali patnis namoyish etilmoqda. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, patnisning o‘lchami 37 × 22 sm bo‘lib, Somoniylar amiri va G‘aznaviylar sulolasi vakili Abu Mansur ibn Sabuqteginga mansub bo‘lgan. Unga xos bezaklar va ishlov berish uslubida Somoniylar va G‘aznaviylar davri san’atining uyg‘unligi namoyon bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, G‘aznaviylar 977-1186 yillarda Markaziy Osiyo hududida hukmronlik qilgan turkiy sunniy sulola hisoblanadi. Sulo Sabuktegin asos solgan bo‘lib, uning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy davrida eng yuqori qudratga erishdi. Mahmud xonlikni imperiyaga aylantirdi va Shimo Hindistonga bir qator harbiy yurishlar uyushtirdi. Dav fors tilida so‘zlashgan, saroy olimlar va shoirlar (Beruniy, Firdavsiy kabi) homiyligida bo‘lgan, me’morchilik va hunarmandchilik taraqqiy etgan.
Somoniylar sulolasi Movarounnahrdagi arab bo‘lmagan birinchi musulmon hukmdorlar bo‘lib, yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan. Bu davrdagi boshqaruv tizimi mohiyatini hokimiyatning otadan bolaga meros bo‘lib o‘tishi tamoyili tashkil qilgan. Somoniylarning Movarounnahrda islomning yoyilishida xizmatlarini ko‘rsatgan.
«Ushbu noyob yodgorlikning Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekspozitsiyasi xalqimiz tarixiy merosini keng targ‘ib etish va kelajak avlodlarga yetkzishda muhim ahamiyat kasb etadi. Patnis — nafaqat moddiy madaniyat namunasi, balki tarix, san’at va madaniy merosning jonli guvohi sifatida alohida qadrlanadi», - deyiladi xabarda.





