add

O‘zbekistonda majburiy ijro ishlari bo‘yicha yagona qarzdorlar reyestri yaratiladi

19.06.2025 | 11:007432

Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda ijro hujjatlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron reyestr joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda majburiy ijro ishlari bo‘yicha yagona qarzdorlar reyestri yaratiladi
Yangi tizimni yuritish Majburiy ijro byurosi (MIB) zimmasiga yuklatildi. Reyestrga ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va ular 10 yil davomida saqlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat organlari, banklar va boshqa tashkilotlar mazkur reyestr orqali MIB bilan operativ ma’lumot almashinuvini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu tizim orqali ijro hujjatlari fuqarolarga yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shaxsiy kabinetga yuboriladi, yuridik shaxslarga esa soliq to‘lovchi kabineti orqali taqdim etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolarning daromadi hisobidan qarz undirish faqat yarim minimal ish haqi miqdorigacha bo‘lgan qismiga taalluqli etilishi mumkin. Bu me’yor ijtimoiy himoya maqsadida joriy etilayotgani qayd etilgan. Tegishli hujjatda reyestrning huquqiy asoslari, ma’lumotlarni saqlash tartibi va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid