add

O‘zbekistonda rus tili holati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi — Moskva yirik tadqiqot boshladi

14.07.2025 | 23:006112

Rossiya tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda rus tilining holati bo‘yicha katta sotsiologik tadqiqot o‘tkaziladi. Loyiha doirasida rus tilining qo‘llanilishi, jozibadorligi va unga bo‘lgan munosabat tahlil qilinib, mamlakatdagi aniq tendensiyalar aniqlanadi.

O‘zbekistonda rus tili holati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi — Moskva yirik tadqiqot boshladi
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi rus tilini qo‘llab-quvvatlash va uni xorijda ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar samaradorligini baholash maqsadida yangi xalqaro tadqiqotni boshladi. Bu haqda «Vedomosti» nashri xabar berdi. Tadqiqot doirasida asosiy e’tibor O‘zbekistonga qaratiladi. Shuningdek, Venesuela, Hindiston, Xitoy va BAA kabi boshqa davlatlar ham qamrab olinadi. Tender asosida bu loyiha VSIOM markazi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 34,8 million rublni tashkil qiladi. Texnik topshiriqqa ko‘ra, har bir mamlakatda kamida 2 500 respondent ishtirokida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi. Ular onlayn platformalar, telefon orqali va yuzma-yuz so‘rovlar shaklida tashkil qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid