O‘zbekistonda «suyunchi puli»ni to‘lash qoidasi o‘zgartirildi

Bugun 12:251 daqiqa

Endi birinchi farzand nobud bo‘lgan oilalar ikkinchi farzandi uchun bir martalik nafaqa puli olish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda «suyunchi puli»ni to‘lash qoidasi o‘zgartirildi © SSV

O‘zbekistonda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli — «suyunchi» faqat birinchi farzandga to‘lanardi. Ammo birinchi farzand nobud bo‘lgan holatlarda, navbatdagi tirik tug‘ilgan bola ikkinchi farzand deb hisoblanib, uning nafaqasi rad etilgan. Prezident Xalq qabulxonasiga birinchi farzandi perinatal yoki erta neonatal o‘limga uchraganida, navbatdagi bola uchun «suyunchi puli» rad etilishi yuzasidan murojaatnomalar kelgan.

Tahlillar natijasida Vazirlar Mahkamasi qarorga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritdi. Endi birinchi va (yoki) undan keyingi farzandlar nobud bo‘lgan hollarda ham navbatdagi tirik tug‘ilgan bola uchun «suyunchi puli» to‘lanadi.

Moliyaviy jihatlar

2024 yilda birinchi farzandi uchun barcha ayollar, ikkinchi farzandi uchun esa faqat ijtimoiy himoyaga muhtojlar «suyunchi puli» olmoqda. Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun bu nafaqa belgilanmagan. 2024 yilda budjetdan «suyunchi puli» uchun 382,4 milliard so‘m, 2025 yilda 275 milliard so‘m ajratilgan. 2026 yilda esa bu miqdor 229,8 milliard so‘mga kamaytirilgan.

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizini tashkil qiladi, hozirgi paytda bu taqriban 890 ming so‘mni tashkil etadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda «suyunchi puli»ni to‘lash qoidasi o‘zgartirildi | Vaqt.uz