OTB Tojikistonga 63,77 mln dollar ajratdi
Summaning 43,7 mln dollari tibbiyotga, 20,5 mln dollari esa ijtimoiy sug‘urtaga yo‘naltiriladi.
© Reuetrs2026-yil 21-oktabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston hukumati va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) umumiy qiymati 63,77 million dollarga teng bo‘lgan ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha grant kelishuvlarini imzoladi. Ular sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va ijtimoiy sug‘urtani modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Kelishuvlarni Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda va OTBning respublikadagi doimiy vakili Ko Sakamoto imzoladi. Marosimda moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlar vakillari ham ishtirok etdi.
Birinchi loyiha mintaqaviy sog‘liqni saqlash xavfsizligini mustahkamlash va birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirishni nazarda tutadi. Uni amalga oshirish uchun 43,7 million dollari ajratish ko‘zda tutilgan.
Moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot jamg‘armasining 28 million dollarlik granti, Pandemiya jamg‘armasining 10,7 million dollarlik qo‘shma moliyalashtirish granti, Yaponiyaning Barqaror va farovon Osiyo hamda Tinch okeani jamg‘armasining 3 million dollarlik granti, shuningdek, Yashil iqlim jamg‘armasining 2 million dollarlik grantini o‘z ichiga oladi.
Loyiha aholi salomatligiga tahdid solayotgan xavflarni oldini olish, va ularni aniqlash, shuningdek, ular bilan bog‘liq xavflarga javob qaytarish samaradorligini oshirish maqsadida Tojikiston sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan.
Ikkinchi loyiha ijtimoiy sug‘urta tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishni nazarda tutadi. Bu maqsadlar uchun 20,5 million dollar, jumladan, Osiyo taraqqiyot jamg‘armasining 19,5 million dollarlik granti va Yuqori texnologiyalar jamg‘armasining 1 million dollari ajratildi.
Loyiha aholining pensiya ta’minoti bilan qamrovini kengaytirish, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni taqdim etish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan. Uning amalga oshirilishi ijtimoiy xizmatlarni aholi uchun yanada tezkor, xavfsiz va qulay qilish imkonini berishi kutilmoqda.
Shunday qilib, umumiy qiymati 63,77 million dollarni tashkil etuvchi ikkita loyiha Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va ijtimoiy sug‘urtani takomillashtirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston iqtisodiyoti tez o‘sayotgani va qashshoqlik sezilarli darajada kamayganini yozgan edik. Ammo mamlakat hanuz xorijda ishlayotgan fuqarolari yuboradigan pullarga qattiq bog‘langan.
Farangiz Bobojonova





