Logo

Bitcoin keskin tushishdan keyin 80,4 ming dollar atrofida barqarorlashdi: FRT qarori kutilmoqda

Kecha 22:354 daqiqa

Treyderlar regulyatorlar foiz stavkalarini o‘zgarishsiz qoldiradimi yoki yana oshiradimi, degan savolga javob izlamoqda. Foiz stavkalarining oshirilishi dollar qiymatini mustahkamlab, xavfi yuqoriroq bo‘lgan aktivlarga, jumladan, Bitcoin’ga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin. Neft narxining ko‘tarilishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Bitcoin keskin tushishdan keyin 80,4 ming dollar atrofida barqarorlashdi: FRT qarori kutilmoqda © Forbes

25-oktabr kuni Bitcoin narxi 80 ming 400 dollar atrofida bo‘ldi. Dam olish kunlarida kriptovalyuta bozorida keskin sotuvlar kuzatilganidan keyin narx biroz barqarorlashdi. Ayni paytda investorlar kriptovalyuta bozoridagi yirik yo‘qotishlarni baholamoqda va AQSH Federal zaxira tizimining (FRT) foiz stavkalari bo‘yicha navbatdagi qarorini kutmoqda.

Kutilishicha, 27–28-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan FRT yig‘ilishi Bitcoin narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Treyderlar regulyatorlar foiz stavkalarini o‘zgarishsiz qoldiradimi yoki yana oshiradimi, degan savolga javob izlamoqda.

Foiz stavkalarining oshirilishi dollar qiymatini mustahkamlab, xavfi yuqoriroq bo‘lgan aktivlarga, jumladan, Bitcoin’ga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin. Aksincha, FRT foiz stavkalari bo‘yicha yumshoqroq siyosat yuritishini bildirsa, Bitcoin narxining tiklanishiga yordam berishi mumkin.

Neft narxining ko‘tarilishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Erondagi urush fonida Brent nefti narxi 117 dollardan yuqori savdolanmoqda. Bu inflatsiya yuqori darajada saqlanib qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

24-oktabr kuni Bitcoin narxi 79 ming 146 dollargacha tushdi. Bu uning bir oydan ortiq vaqt davomidagi eng past ko‘rsatkichi bo‘ldi. Keyinchalik narx yana 80 ming dollarlik muhim chegaradan yuqoriga ko‘tarildi. 25-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:31 holatiga ko‘ra, Bitcoin 80 ming 352 dollardan savdolangan.

Bitcoin ketma-ket to‘rtinchi kun ham narx pasayishi bilan yakunlashi mumkin. Shuningdek, u iyun oyidan beri birinchi marta bir oylik pasayishni qayd etish arafasida turibdi.

«Coinglass» ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida kriptovalyuta bozorida 810 million dollardan ortiq pozitsiyalar majburan yopilgan. Shundan taxminan 689 million dollari narx ko‘tarilishini kutgan treyderlarning pozitsiyalariga to‘g‘ri keladi.

Dam olish kunlarida bozorda savdo faolligi past bo‘lgani sotuv bosimini kuchaytirdi. Bitcoin narxi 80 ming dollardan pastga tushgach, qarz mablag‘lari hisobidan savdo qilgan ko‘plab treyderlarning pozitsiyalari majburan yopildi.

Bitcoin narxi 50 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham pastga tushdi. Ushbu ko‘rsatkich taxminan 81 ming 700 dollarni tashkil etmoqda. Treyderlar endi narx 78 ming 400 va 77 ming 876 dollar darajalarida qo‘llab-quvvatlanish topishi mumkinligini kuzatmoqda. Bu darajalar narxning yanada pasayishini sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan chegaralar hisoblanadi.

Ayni paytda Bitcoin’ni zaxira sifatida saqlaydigan kompaniyalar ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ular kriptovalyuta xaridlarini kompaniyaning boshqa moliyaviy majburiyatlari bilan muvozanatlashtirishga harakat qilmoqda.

«Fidelity Digital Assets» ma’lumotlariga ko‘ra, muddatsiz imtiyozli aksiyalarni chiqarish orqali 2025-yildan buyon taxminan 136 mingta Bitcoin xarid qilinishi moliyalashtirilgan.

«Strategy» (NASDAQ) va «Strive» (NASDAQ) kabi kompaniyalar kapital jalb qilish uchun imtiyozli aksiyalar chiqarishdan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Biroq bu aksiyalar bo‘yicha muntazam dividend to‘lovlari kompaniyalarning kelgusida Bitcoin xarid qilish uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘larini cheklashi ehtimoldan xoli emas.

Masalan, «Strategy» yaqinda imtiyozli aksiyalarni qaytarib sotib olish uchun 193 million dollar sarfladi. Bu jarayonda esa atigi 267 ta Bitcoin xarid qildi. Bu kompaniya mablag‘laridan bir vaqtning o‘zida turli maqsadlarda foydalanish zarurati borligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, «Xapo Bank» bosh direktori Sheymus Rokkaning aytishicha, katta miqdorda Bitcoin saqlaydigan boy investorlar kriptovalyutalarini sotish o‘rniga, ularni garovga qo‘yib qarz olish va o‘z aktivlaridan daromad olishga tobora ko‘proq qiziqmoqda.

Rokkaning ta’kidlashicha, yirik institutsional investorlarning bozorga kirib kelishi uzoq muddatda Bitcoin’ga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Biroq qonunchilik bilan bog‘liq noaniqliklar va geosiyosiy vaziyat hali ham bozor rivojiga to‘sqinlik qilmoqda.

Yana bir muhim voqea — apparat kriptohamyonlarini ishlab chiqaruvchi «Keystone» kompaniyasi mijozlar ma’lumotlari sizib chiqqanini ma’lum qildi. Ma’lumotlar orasida mijozlarning ismlari, aloqa ma’lumotlari, yetkazib berish manzillari va xaridlar haqidagi ma’lumotlar bor.

Kompaniya shaxsiy kalitlar, hamyonni tiklash iboralari va to‘lov ma’lumotlari oshkor bo‘lmaganini bildirdi. Shunga qaramay, mijozlar soxta pul qaytarish takliflari va almashtirib berish bahonasida yuboriladigan firibgarlik xabarlaridan ehtiyot bo‘lishi kerakligi haqida ogohlantirildi.

Bugungi kriptovalyuta narxlari: altkoinlar turlicha harakatlanmoqda

25-oktabr kuni kriptovalyuta bozorida narxlar turlicha o‘zgardi: ayrim kriptovalyutalar qimmatlashdi, boshqalari esa arzonlashdi.

Dunyodagi eng yirik kriptovalyutalardan ikkinchisi bo‘lgan «Ether» narxi 0,49 foizga pasayib, 2 331,61 dollarni tashkil etdi.

Bozor qiymati bo‘yicha uchinchi o‘rindagi XRP esa 1,54 foizga qimmatlashib, 1,2930 dollarga yetdi.

«Solana» narxi 0,34 foizga o‘sib, 100 ming 721 dollarni tashkil qildi. BNB esa 1,49 foizga ko‘tarilib, 737,80 dollarga yetdi.

«Cardano» narxi 0,85 foizga pasayib, 0,2032 dollarni tashkil etdi. «Dogecoin» esa 0,57 foizga qimmatlashdi.

Memkoinlar orasida «TRUMP» narxi 1,12 foizga oshdi. «Shiba Inu» narxi esa o‘zgarishsiz qoldi.

Teglar

Mavzuga oid