Logo

Toshkentda poyezd va metroni bog‘lovchi «Choshtepa» temiryo‘l bekati ishga tushirildi

Kecha 18:201 daqiqa

23-oktabrdan ushbu bekat orqali kuniga 10 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar va metroga qulay o‘tish imkoni yo‘lga qo‘yildi.

Toshkentda poyezd va metroni bog‘lovchi «Choshtepa» temiryo‘l bekati ishga tushirildi

​23-oktabrdan e’tiboran Toshkentda metro bilan integratsiyalashgan «Choshtepa» temir yo‘l bekati foydalanishga topshirildi. Shaharlararo elektropoyezd yo‘lovchilari ushbu bekat orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro tarmog‘iga o‘tishlari mumkin. Bu haqda «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» korxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

​Yangi transport almashinuv tuguni yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqtini tejash hamda shahar jamoat transportidan samarali foydalanishga xizmat qilishi aytilgan.

Korxona xabarida ta’kidlanishicha, qulay va xavfsiz transport xizmatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

​Poyezdlarning harakat jadvali

​E’lon qilingan harakat jadvaliga ko‘ra, poyezdlar «Choshtepa» bekatidan Toshkentga qarab soat 06:18, 07:10, 08:47, 16:12 hamda 17:53 da jo‘naydi.

​Toshkentdan qaytish qatnovlari esa ushbu bekatdan 09:29, 13:09, 18:53, 19:07 va 20:13 da amalga oshirilishi belgilangan.

Shaharlararo poyezdlar harakat jadvali bilan onlayn platforma orqali tanishish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda poyezd va metroni bog‘lovchi «Choshtepa» temiryo‘l bekati ishga tushirildi | Vaqt.uz