O‘zbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Bugun 14:251 daqiqa

O‘zbekistonda 2026 yil 9-may — Xotira va qadrlash kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli bu dam olish kuni boshqa kunga ko‘chiriladi.

O‘zbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi? © bsmi.uz

2026 yilda 9-may — Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dushanba, 11-may kuniga ko‘chiriladi. Bu haqda Prezidentning 2025 yil dekabr oyida imzolangan “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonga muvofiq, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kunlik ish haftasidagilar esa 2 kun dam oladi. 9-may shanba kuni odatiy dam olish kuni hisoblanadi.

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun:

• 9-may, shanba – odatiy dam olish kuni (bayram);

• 10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;

• 11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘chirilgan dam olish kuni.

6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun:

• 9-may, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni;

• 10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.

Mazkur amaliyot O‘zbekiston Mehnat kodeksi talablariga ham mos keladi. Unga ko‘ra, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, u holda ushbu dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi? | Vaqt.uz