add

Prezident Administratsiyasi departamentlari rahbarlari va Prezident vakillari tayinlandi

14.07.2025 | 19:3045708

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan Prezident Administratsiyasi departamenti rahbarlari va Prezident vakillari tayinlandi. Yangi lavozimga tayinlanganlar orasida shu kunlarda 80 yoshni qarshi olayotgan Zelimxon Haydarov ham bor.

Prezident Administratsiyasi departamentlari rahbarlari va Prezident vakillari tayinlandi
Prezidentning tegishli farmoni bilan quyidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari lavozimlariga tayinlandi: Alisher Bahodirovich Samadov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Doniyor Baxtiyorovich Qodirov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi; Gayane Olegovna Umerova — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Sherzod Ikromovich Asadov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi; Nodirjon Abduqunduzovich Abdurahimov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi; Bobur Botirovich Xo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Ella Anatolevna Jaxangirova — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Zilemxan Haydarov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi; Erkin To‘raqulovich Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;   Shuningdek Prezidentning tegishli farmoni bilan quyidagi shaxslar Prezident vakili lavozimlariga tayinlandi: Azizbek Allabergenovich Urunov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi; Aziz Yo‘ldashevich Mag‘rupov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi; Alisher Saidabbosovich Sultonov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi; Odil Qalandarovich Abdurahmonov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.   Prezident Administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi: Xayriddin Madriddinovich Sultonov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — spichrayteri; Shuhrat Madaminovich G‘aniyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi; Tursinxon Aydarovich Xudaybergenov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi; Viktor Vladimirovich Mahmudov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi; Alisherbek Azizovich Payg‘amov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari; Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Protokoli rahbari.

Teglar

Mavzuga oid