
Putin G‘arb bilan «sichqon-mushuk» o‘yinini davom ettirmoqda
15.05.2025 | 10:1237832
Rossiyaning ilk Tashqi ishlar vaziri Andrey Kozirev Putinni haqiqiy muzokaralarga majburlashning yagona yo‘li — Ukrainaga to‘liq harbiy yordam berish ekanini ta’kidladi. G‘arb yetakchilari nechog‘lik jonbozlik qilishmasin, ayni paytdagi diplomatik harakatlar samarasiz.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining ilk rahbari Andrey Kozirev Istanbulda rejalashtirilayotgan muzokaralardan hech qanday muvaffaqiyat kutmasligini aytdi. Unga ko‘ra, Vladimir Putinni to‘xtatishning yagona usuli — Ukraina armiyasini kuchli qurollar bilan ta’minlashdir.
Kozirev DW bilan suhbatda G‘arb yetakchilari faqat diplomatik «yumushlar» bilan cheklanib qolgani, Kiyevga tashriflar ham uncha samara bermayotganini ta’kidladi. «Sanksiyalar tahdidi ham Putinga ta’sir qilmayapti. Xitoy kabi ittifoqchilar orqali u har doim aylanma yo‘l topmoqda», — dedi u.
Kozirevning fikricha, Putin G‘arb yetakchilari bilan go‘yoki «sichqon-mushuk» o‘yinini o‘ynamoqda — yevropaliklar u bilan muzokara qilishga urinayotgan bir paytda, u ularni mensimasdan o‘z yo‘lida davom etmoqda. «Eng qizig‘i shundaki, bu o‘yinda «mushuk» rolini aslida zaif tomon — ya’ni Rossiya o‘ynamoqda, G‘arb esa o‘zini «sichqo» kabi tutayapti. Bu esa jahon siyosatida deyarli uchramaydigan holat», — dedi u.





