add

Qadri oshgan so‘m, jarimaga tortilgan qo‘shiqchi va poraxo‘r direktor o‘rinbosari — 19 iyun dayjesti

19.06.2025 | 22:0017266

Kun davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealar, hodisalar yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

Qadri oshgan so‘m, jarimaga tortilgan qo‘shiqchi va poraxo‘r direktor o‘rinbosari — 19 iyun dayjesti
Nukusda o‘qituvchilardan pora olgan mansabdorlar ushlandi Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mazkur maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, kasbiy sertifikat olish bo‘yicha sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Tekshiruv davomida maktab direktori o‘rinbosari 100 nafardan ziyod o‘qituvchidan 1000–1500 dollardan pora olgani va bu ma’lumotlarni shaxsiy bloknotida qayd etib borgani aniqlangan. Shuningdek, vaziyatga Pedagoglarni bilim va malakasini baholash sho‘’basining bosh metodisti ham aloqador bo‘lib chiqdi. U tergovchilarga o‘qituvchilardan yig‘ilgan 10 450 dollarni ixtiyoriy ravishda topshirgan.   Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi Andijon viloyatida xonanda Shoira Otabekova ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 45 yoshli xonanda taxminan soat 12:20 da Qo‘rg‘ontepa tumani Xurobod MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 42 km.da o‘zining «BYD song plus» rusumli transport vositasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. YTHga haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Oqibatda, mashina yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilgan.   Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tushdi Mutaxassislar 9 turdagi mahsulotlar narxining pasayganini qayd etgan. Eng katta tushish oqbosh karamga tegishli bo‘lib, uning minimal narxi 64,2 foizga arzonlashgan. Pomidor — 44,7 foiz, bodring — 36,5 foiz, lavlagi — 21,5 foiz, banan — 13 foizga tushgan. Shuningdek, olma, guruch, mol go‘shti (file) va kartoshka narxlari ham sezilarli kamaygan. Shu bilan birga, 6 turdagi mahsulotlar, jumladan limon, narxida o‘sish kuzatilgan. Ayniqsa limon narxi sezilarli o‘sib, bu mavsumiy omillar bilan izohlangan. Qolgan mahsulotlardan 6 tasining minimal narxlari o‘zgarmagan — bugug‘doy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin va kungaboqar yog‘i.   Farrux Hamrayev jarimaga tortildi Farg‘onalik shoir Ismoiljon Boboyevning «Ona yuring hajga boramiz» nomli she’ridan ruxsatsiz foydalangan xonanda Farrux Hamrayev ma’muriy javobgarlikka tortildi. Farrux Hamrayev ushbu she’rdan muallif ruxsatisiz va shartnoma tuzmasdan foydalangan. Jarima miqdori oshkor etilmagan, ammo muallif o‘z huquqlarining buzilishi natijasida BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon talab qilish huquqiga ega.   So‘m so‘nggi ikki kunda deyarli barcha valyutaga nisbatan mustahkamlandi O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘m dunyodagi asosiy valyutalarga nisbatan so‘nggi ikki kun mobaynida barqaror kuchayishni namoyon etdi. Xususan, ikki kunlik rasmiy kurslar tahliliga ko‘ra, so‘m AQSH dollariga nisbatan 0,7 foizga, yevro — 0,9 foizga, funt sterling — 1,2 foizga, yapon iyenasi — 1,3 foizga, shveysariya frankiga nisbatan esa 1,1 foizga mustahkamlangan.

Teglar

Mavzuga oid