add

Qashqadaryoda gaz zapravkasida portlash yuz berdi — to‘rt kishi halok bo‘ldi

2025 yil 16 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘rt nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

Qashqadaryoda gaz zapravkasida portlash yuz berdi — to‘rt kishi halok bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, Ko‘kdala tumani Oltindala mahallasida joylashgan aholiga gaz to‘ldirish shoxobchasi hududidagi yoqilg‘i saqlash rezervuarida portlash yuz bergan. Hodisadan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. FVBga bu haqda soat 14:40 da xabar berilgan. Shundan so‘ng, 14:45 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va 15:35 da to‘liq o‘chirilgan. Ammo afsuski, ushbu yong‘in oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda boshqa mas’ul tashkilotlar xodimlari jalb qilingan. Shuningdek, voqea joyiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi bir guruh tajribali mutaxassislar yuborilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Qashqadaryoda gaz zapravkasida portlash yuz berdi — to‘rt kishi halok bo‘ldi | Vaqt.uz