
Qirg‘izistonda OAVlarga majburiy ro‘yxatdan o‘tish talabi qo‘yildi: xalqaro hamjamiyat bu qonuni «xavfli» deb atadi
08.08.2025 | 18:00355210
Rasmiylar esa qonun OAVning mustaqil, raqobatbardosh va mas’uliyatli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi, deya ta’kidlamoqda.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25 iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi yangi qonunni imzoladi. Rasmiylar bu qonun OAVning mustaqil, raqobatbardosh va mas’uliyatli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi, deya ta’kidlamoqda.
Asosiy o‘zgarishlar quyidagilar:
- Majburiy ro‘yxatga olish: Endi barcha OAV — gazetalar, telekanallar, internet saytlari va bloglar Adliya vazirligining maxsus reyestriga kiritiladi.
- Ruxsat tartibi: Qaysi OAV ishlashiga ruxsat berish yoki rad etish tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Bu orqali hukumat OAV ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatadi.
- Axborot manbalarini yashirish huquqi: OAV axborot manbalarini oshkor qilmaslik huquqiga ega bo‘ladi. Faqat sud qarori bilan bu ma’lumotlar ochiqlanishi mumkin.
- Xorijiy sarmoya cheklovi: Chet ellik investorlar Qirg‘izistondagi OAVda 35 foizdan ortiq ulushga ega bo‘la olmaydi.
- Tuhmat, haqorat yoki «soxta xabarlar» uchun katta miqdorda jarimalar belgilandi.
- Tik-Tok va pornografik saytlar taqiqlandi.
- «Bolalarni himoya qilish» niqobi ostida «noan’anaviy jinsiy munosabatlar» haqida axborotlar ham taqiqlanmoqda.
- 2025 yil avgustdan boshlab xalqaro internet-trafik ustidan davlat monopoliyasi o‘rnatiladi — bu esa internetdan erkin foydalanish imkoniyatlarini yanada cheklashi mumkin.





