add

Qirg‘izistondagi bankka islomiy moliya tamoyillari asosida ishlashga ruxsat berildi

28.08.2025 | 22:453432

Endi «Optima Bank» islomiy moliya prinsiplari asosida som va xorijiy valyutada xizmatlar ko‘rsatadi, mijozlarga foizsiz xizmatlar taqdim etadi.

Qirg‘izistondagi bankka islomiy moliya tamoyillari asosida ishlashga ruxsat berildi
Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki «Optima Bank»ga islom bankchiligi tamoyillari asosida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziya berdi. Bu haqda FinTech & Retail CA nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, xizmatlar «islomiy darcha» orqali ko‘rsatiladi va bu orqali ham somda, ham chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bu bank mijozlarga shariatga mos moliyaviy mahsulotlarni taklif qilish imkonini beradi. Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda 21 ta tijorat banki va 304 ta filial faoliyat ko‘rsatmoqda va shulardan 5 tasi islom bank ishi va moliyalashtirish tamoyillariga muvofiq xizmatlar ko‘rsatadi. Mamlakatda islomiy moliya (eng asosiy tamoyili foizsiz bo‘lishi) xizmatlari yil boshidan buyon 50,2 foizga o‘sgan.

Teglar

Mavzuga oid