add

Qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

26.01.2026 | 18:001 daqiqa

2025 yilda davlat tomonidan xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan minglab fuqarolarni Vatanga qaytarish va huquqlarini tiklashga 16 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.

Qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

2025 yil davomida xorijda qiyin ijtimoiy va moliyaviy ahvolga tushib qolgan 3 709 nafar O‘zbekiston fuqarosi davlat ko‘magida yurtiga qaytarildi. Bu jarayonlar uchun budjet hisobidan jami 15,9 milliard so‘m ajratildi.

Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar 22 ta xorijiy davlatdan qaytarilgan bo‘lib, ular orasida ish beruvchilar tomonidan haq to‘lanmagan, hujjatlaridan mahrum qilingan yoki og‘ir sharoitda qolib ketgan shaxslar bor. Eng muhim choralar avvalo hayoti va sog‘ligi xavf ostida bo‘lgan fuqarolarga qaratildi.

«Vatanga qaytarish» xayriya aksiyasi

Jahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan 30-iyuldan 30-avgustgacha ilk bor o‘tkazilgan «Vatanga qaytarish» xayriya aksiyasi doirasida 1 300 nafar fuqaro yurtiga olib kelindi. Ulardan 66 nafari baxtsiz hodisa yoki og‘ir kasallikdan so‘ng shoshilinch ravishda qaytarilgan.

Xorijda ish beruvchilar bilan bog‘liq mehnat nizolari ham davlat nazoratida bo‘ldi. Xususan, oylik ish haqini undirish bo‘yicha 3 089 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, natijada ularga jami 1,9 million dollar miqdorida mablag‘ xorijiy ish beruvchilardan undirib berildi.

Shuningdek, yil davomida ishsiz qolgan 9 249 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, 406 nafar O‘zbekiston fuqarosining xorijda olib qo‘yilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari tiklab berildi.

Teglar

Mavzuga oid