Qozog‘iston budjet taqchilligini qoplash uchun 1 mlrd dollar qarz oladi
Olingan qarzlarni xizmat ko‘rsatish va qaytarish Moliya vazirligi tomonidan respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Qozog‘iston hukumati Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan 92,3 milliard iyena miqdorida kredit olishni rejalashtirmoqda. Bu taxminan 600 million dollarni tashkil etadi. Ushbu qarz 11 yil ichida qaytarilishi kerak bo‘ladi, shundan dastlabki 5 yili imtiyozli davr hisoblanadi. Kelishuv bugun Majilisda ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, mamlakat Osiyo infratuzilma investitsiya bankidan 1,2 foiz stavkada 400 million dollar qarz oladi. Bundan tashqari, 1,5 milliard dollarlik investorlar uchun yevroobligatsiyalar chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va respublika budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.
Olingan qarzlarni xizmat ko‘rsatish va qaytarish Moliya vazirligi tomonidan respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Qozog‘iston Milliy banki va TradingEconomics ma’lum qilishicha, 2026 yil 1-chorak holatiga ko‘





