
Rasmiy ogohlantirish: FVV formasidagi yolg‘onchilar uyma-uy yurib pul yig‘yapti
04.07.2025 | 21:204962
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘zini Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi deb tanishtirgan noma’lum shaxslar aholidan noqonuniy ravishda pul talab qilayotgani aks etgan.

So‘nggi kunlarda internetda Favqulodda vaziyatlar vazirligi formasini kiygan bir guruh shaxslar aholi uylariga kirib, go‘yoki yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganini bahona qilib, pul talab qilayotgani aks etgan videolar keng tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, videodagi shaxslar tashkilotga aloqador emasligini ma’lum qildi. Vazirlik ushbu harakatlarni qonunbuzarlik deb baholadi va fuqarolarni ogoh bo‘lishga chaqirdi.
«Fuqarolarga murojaat qilgan holda, vazirlik bunday vaziyatga duch kelgan taqdirda darhol (95) 772-10-50 raqami orqali FVVning ishonch telefoniga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni so‘ragan.





