add

Rossiya Yevrokomissiya raxbari samolyoti GPSiga hujum qilgani aytildi

02.09.2025 | 13:1517653

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Bolgariyaga qo‘nish paytida GPS signali buzilib, samolyot xaritalari yordamida qo‘ndi.

Rossiya Yevrokomissiya raxbari samolyoti GPSiga hujum qilgani aytildi
CNN xabariga ko‘ra, Bolgariya rasmiylari Yevropaga bu holatda Rossiya qo‘li borligini bildirgan. Kreml esa ayblovlarni rad etdi. Fon der Lyayen bo‘lgan samolyot xavfsiz qo‘ngan, uchuvchilar an’anaviy xaritalardan foydalangani qayd etildi. Yevrokomissiya rahbari Ukrainaga yordam masalasida qat’iy pozitsiyasi bilan tanilgan. U yaqinda AQSH prezidenti Donald Tramp mezbonlik qilgan sammitda qatnashib, Yevropa davlatlarini Kiyevga ko‘proq yordam ko‘rsatishga chaqirgan. Fon der Lyayenning safar dasturi Sharqiy Yevropa mamlakatlarini o‘z ichiga oldi. Polshada bosh vazir Donald Tusk bilan uchrashib, Krinki shahridagi chegara nazorat punktiga bordi. U yerda Yevropa Ittifoqining 150 milliard yevro mablag‘ ajratilgan yangi SAFE mudofaa jamg‘armasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilingan. Yevropa rahbari o‘z bayonotida Vladimir Putinni «faqat kuch bilan to‘xtatish mumkin bo‘lgan yirtqich» deb atadi. Shundan so‘ng u a’zo davlatlarni tezkor va muvofiqlashgan harakatlarga chaqirdi. Fon der Lyayen keyinchalik Litvaga uchib, prezident Gitanas Nauseda bilan Belarus chegarasidagi vaziyatni kuzatdi. Yevropa rasmiylari Rossiyaning Boltiq va Skandinaviya mintaqasida GPS signallariga muntazam aralashib kelayotganini ta’kidlab kelishadi. Polsha va Germaniya tadqiqotchilari ham 2024 yildan beri bu sohada Rossiyaning izlari borligini qayd etgan. Yevropa Ittifoqi avval ham Rossiya bilan bog‘liq shaxs va tashkilotlarni GPS buzilishi sababli sanksiyalar bilan jazolagan. Bryussel bu holatni Ukrainaga yordamni kuchaytirish va mudofaa salohiyatini mustahkamlash majburiyati sifatida baholadi.

Teglar

Mavzuga oid