add

Rus armiyasiga yangi qurol: «Oreshnik» seriyali ishlab chiqarilayotgani e’lon qilindi

Rossiya prezidenti «Oreshnik» qurolining seriyali ishlab chiqarilayotgani e’lon qildi. Shuningdek, u Chasiv Yar bosib olinganini tasdiqladi.

Rus armiyasiga yangi qurol: «Oreshnik» seriyali ishlab chiqarilayotgani e’lon qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan Vaalam orolida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda Rossiyada «Oreshnik» quroli seriali ishlab chiqarilib, qo‘shinlarga yetkazilgani ma’lum qilindi. Putinning aytishicha, mazkur qurol kelgusida Belarusga ham yetkaziladi. Hozircha buning uchun maxsus joy tanlanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, u Rossiya armiyasi Chasov Yarni bir necha kun oldin «ozod qilganini» tasdiqladi. Ukraina rahbariyatining buni inkor etishi, prezidentning ta’kidlashicha, frontdagi voqealardan xabardor emaslik belgisidir. Rossiya armiyasi jangovar to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishda davom etmoqda. Putinga ko‘ra, mamlakat hech kimning yerini bosib olmayapti, faqat «o‘z yerlarini qaytarmoqda». U, shuningdek, frontda «keraksiz yo‘qotishlar yo‘q»ligini va harbiy muvaffaqiyatlar rus askarlarining jasorati tufayli amalga oshirilayotganini qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid