Logo

Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Tramp bilan uchrashdi

Kecha 19:481 daqiqa

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Tramp bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1-oktabr kuni Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. U bu haqda o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

«AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Xabarda uchrashuv tafsilotlari, tomonlar qaysi masalalarni muhokama qilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva sentabr oxirida BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasida ishtirok etish uchun AQSHga borgan edi. U 23-sentabr kuni Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida O‘zbekiston nomidan nutq so‘zlagan.

Tashrif davomida Prezident administratsiyasi rahbari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham uchrashgan.

Shuningdek, u «BlackRock» investitsiya kompaniyasi va «Google» rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgan. Saida Mirziyoyeva BMTning demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirida ham ishtirok etgan.

Teglar

Mavzuga oid