add

«Salomga yarasha alik»: Qirg‘izistonda AQSH fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilish taklif qilindi

Kecha 19:181 daqiqa

«Agar fuqarolarimiz uchun shunday baland to‘siqlar qo‘yilsa, biz o‘zimizni hech narsa bo‘lmagandek tuta olmaymiz», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

«Salomga yarasha alik»: Qirg‘izistonda AQSH fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilish taklif qilindi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rais o‘rinbosari Edil Baysalov Vashingtonning qirg‘izistonliklarga qo‘ygan yangi talablariga javoban AQSH fuqarolari uchun viza rejimini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqdau X sahifasida post qoldirdi.

Baysalovning fikricha, viza siyosati teng huquqlilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi kerak.

«Agar fuqarolarimiz uchun shunday baland to‘siqlar qo‘yilsa, biz o‘zimizni hech narsa bo‘lmagandek tuta olmaymiz», - deya yozdi u.

Bayonot AQSHning viza qoidalarini qattiqlashtirayotgani fonida yangradi. 21-yanvardan boshlab qirg‘izistonliklar va tojikistonliklar viza olish uchun ariza topshirganda 5-15 ming AQSH dollari miqdorida garov puli qo‘yishlari kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: garov puli talabi 2025 yil avgust oyida sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, ushbu sinov dasturi ilk bor 2025 yilning avgustida Malavi va Zambiya fuqarolari uchun joriy etilgan edi. Keyinchalik ro‘yxat kengaytirilib, 2026 yil 1-yanvardan Turkmaniston, endi esa Qirg‘iziston va Tojikistonni o‘z ichiga olgan jami 38 ta davlatga tatbiq etildi.

Yangi tartib bo‘yicha viza olgan fuqarolar AQSHga kirish va chiqishda faqat belgilangan uchta xalqaro aeroportdan foydalanishlari shart. Bular qatoriga Bostondagi Logan, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi hamda Vashingtondagi Dalles aeroportlari kiritilgan. Mazkur cheklov nazorat jarayonlarini soddalashtirish va garov ishtirokchilarining harakatini kuzatish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid