Logo

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi

Bugun 10:301 daqiqa

FIFA tomonidan JCH–2026'ning eng chiroyli goli uchun saralangan 12 ta nomzod e’lon qilindi. Ular orasida Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli ham bor.

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi © Alex Slitz/Getty Images

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov tomonidan Kongo DR darvozasiga kiritilgan gol Hyundai Goal of the Tournament sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi.

Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli avvalroq JCH–2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgan edi.

Jahon chempionatining eng chiroyli goliga da’vogar bo‘lgan 12 nomzod:

Eldor Shomurodov (O‘zbekiston) — Kongo DR

Kerim Alaybegovich (Bosniya va Hersegovina) — Qatar

Xulian Alvares (Argentina) — Shveysariya

Jud Bellingem (Angliya) — Fransiya

Sidni Kabral (Kabo Verde) — Argentina

Erling Holand (Norvegiya) — Braziliya

Vilson Isidor (Hayiti) — Marokash

Elayja Jast (Yangi Zelandiya) — Eron

Dayzen Maeda (Yaponiya) — Shvetsiya

Kilian Mbappe (Fransiya) — Senegal

Lionel Messi (Argentina) — Jazoir

Ferran Torres (Ispaniya) — Argentina

G‘olib muxlislar ovozi asosida aniqlanadi. Ovoz berish 27-iyul kuni yakunlanadi. Ovoz berish uchun havola: https://play.fifa.com/gott/en/

Teglar

Mavzuga oid