Soliq qarzdorligi eng ko‘p qurilish kompaniyalar nomi ma’lum qilindi
2026 yil 1-fevral holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari 1 808 tani tashkil etmoqda. Ularning jami qarzi 3,1 trln so‘m.

2026 yil 1-fevral holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori 1 808 ta qurilish korxonalari mavjud bo‘lib, ularning jami qarzi 3,1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 3,1 trl so‘mlik qarzdan 1,4 trln so‘mi, ya’ni 46,8 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p soliq qarzdorligiga ega «Oltin Tuproq MS» MCHJ 432,3 mlrd so‘mlik qarzdorlik bilan birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarda esa «Ko‘prikqurilish» AJ (285,1 mrld), «Doni Big Group» MCHJ (217,2 mlrd) turibdi.
O‘tgan oyda eng esa «Tash Building» MCHJ 107 mlrd so‘m qarz bilan birinchi o‘rinni egallagan edi.
Hududlar kesimida eng ko‘p korxonalarning soliq qarzdorligi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi – 951,9 mlrd so‘m. Toshkent viloyati – 643,6 mlrd so‘m va Andijon viloyati – 279,4 mlrd so‘m bilan keyingi eng ko‘p soliq qarzdorligi mavjud korxonalar joylashgan hudud sifatida o‘rin olgan.





