add

Ta’mir kechikkanidan norozi odamlar va mas’ullar va’dasi: Toshkent yer usti metro yo‘nalishi qachon ochiladi?

29.09.2025 | 23:1350082

Poytaxtliklarda transport tizimidan norozilik katta: ochilganiga to‘rt yil to‘lib yo to‘lmagan yerusti metrosini yana ta’mir uchun qayta yopishgan. Asl sabablar ochiqlanmadi.

Ta’mir kechikkanidan norozi odamlar va mas’ullar va’dasi: Toshkent yer usti metro yo‘nalishi qachon ochiladi?
Mana endi o‘sha tashish quvvatida, tezligida na metrobus bor va na ta’mir o‘lgir tugay qolmayapti. Xo‘sh, yerusti metrosi qachon ochiladi, o‘zi nega yopilgandi va nega bu kabi qurilish, yopilishlarda odamlarning imkoniyatlari bilan to‘la hisoblashilmaydi? So‘nggi oylarda Vaqt.uz’ga kelayotgan murojaatlarning katta qismini shu va shunga o‘xshash mazmundagi savollar tashkil qilmoqda. Biz Toshkent yo‘llari bo‘ylab safarga chiqdik va ayni mavzuda yo‘lovchilarning fikrlarini tingladik, shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi mas’uliga mikrafon tutdik. Ma’lumot uchun, 2025 yil yoz davomida 14 ta bekatni o‘z ichiga olgan liniya «rejali profilaktika ishlari» sabab ishlamadi. 8 iyundan boshlab yo‘nalish oxiridagi ikkita stansiya yopilgan bo‘lsa, 28 iyundan boshlab yana yettita stansiya yopilgan. Videoni YouTubeʼda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/D1bU179iBw8

Mavzuga oid